AO MCHJ «LEADER AUDIT» mustaqildir. Tashkil etuvchilar tarkibida va boshqaruv organlarida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mansabdor shaxslari, shuningdek, qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan boshqa shaxslar mavjud emas.
Kompaniya siz tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning saqlanishini ta’minlaydi va olingan barcha ma’lumotlar bo‘yicha maxfiylikni kafolatlaydi. Bu shuni anglatadiki, yozma yoki elektron shaklda, shuningdek, og‘zaki shaklda olingan har qanday materiallar va ma’lumotlar sizning oldindan roziligingizsiz oshkor qilinmaydi, qonun tomonidan belgilangan holatlar bundan mustasno.